Belarus Respublikasi Ta’lim vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi o‘rtasida 2024 yil 30 aprelda imzolangan “2024-2025 yillarda professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xaritasi” imzolangan. Yo‘l xaritasining 12 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlikning tegishli buyrug‘i asosida 22 nafar professional ta’lim muassasalarining boshqaruv va pedagog kadrlari hamda Professional ta’limni rivojlantirish instituti xodimlari uchun 2024-yil 12-19-avgust kunlari Belarus Respublikasiga xizmat safari tashkil etildi. Safar davomida ular Belarus Respublikasi Ta’lim vazirligi huzuridagi Professional ta’lim respublika instituti Ta’lim muassasasi va uning filiallarida tashkil etilgan 36 soatli malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqdalar. Tinglovchilar: Belarus Respublikasi professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash bo‘yicha erishilgan ijobiy natijalar; Belarus Respublikasi professional ta’lim tizimining yuqori sifatli ta’lim resurslari; kompetensiya markazlarini tashkil etish va rivojlantirishni rejalashtirish tajribalari; kompetensiya markazlarining moddiy-texnika bazasini shakllantirish; kompetensiya markazlari uchun tegishli jihozlar xarid qilish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish; malakali kadrlarni tayyorlashda ta’lim dasturlarini amalga oshirishning tarmoq shakli; zamonaviy jihozlardan foydalangan xolda amaliy o‘qitish mazmunini loyihalashtirish; kompetensiya markazlarida kattalar uchun qo‘shimcha ta’lim dasturlarini tashkil etish va amalga oshirish metodikalarining o‘ziga xos jihatlari masalalari bo‘yicha malakalarini oshiradilar. Xizmat safari davomida tinglovchilar Belarus Respublikasi ta’lim vazirligi huzuridagi Professional ta’lim respublika instituti, «EkoTexnoPark – Volma» kompetensiya markazi, Industrial-pedagogika kollejining kompetensiya markazi va boshqa kollejlarga tashrif buyurib, ta’lim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish bo‘yicha Belarus tajribalari bilan yaqindan tanishadilar.
228