Joriy yilning 10–15-iyun kunlari “Oʻzbekistonda professional taʼlim islohotlarini qoʻllab quvvatlash” (VET4UZ) loyihasi doirasida Shvetsariya kasb-hunar ta’limi va ta’lim federal universitetining “Kasbiy ta’lim va malaka oshirish akademiyasining ilg‘or pedagogika bo‘yicha kursi” dasturi bo‘yicha O‘zbekiston delegatsiyasi Shvetsariya Federal kasb-hunar taʼlimi universiteti (SFUVET)da malaka oshirdilar.
Malaka oshirish davomida delegatsiya a’zolari Tun shahridagi IDM kasb-hunar maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida kasb-hunar maktab faoliyati, o‘quvchilarning kasb-hunar egallashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishtirildi.
Shuningdek, delegatsiya a’zolari professional ta’lim tizimi va ta’lim dasturlarining sifati, ta’lim va ishlab chiqarish muhiti o‘rtasidagi integratsiyaning ahamiyati va muammolari, raqamli texnologiyalardan foydalanishga ko‘proq moyil bo‘lgan yoshlar o‘rtasida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadigan raqamli VET imkoniyatlari bilan tajriba almashildi.
344