Yangiliklar

Professional ta’limda kadrlar tayyorlashda dual ta’limni joriy qilish uchun yangi g‘oyalar va innovatsiyalar: xalqaro tajriba, muammolar va istiqbollar” mavzusidagi Ilmiy-amaliy konfrensiya

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-martdagi 163-sonli “Professional ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora - tadbirlari haqida” Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Dual ta’lim tizimida kadrlar tayyorlashning innovatsion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish” nomli innovatsion loyiha doirasida 2024-yil 18-may kuni Professional ta’limni rivojlantirish institutida “Professional ta’limda kadrlar tayyorlashda dual ta’limni joriy qilish uchun yangi g‘oyalar va innovatsiyalar: xalqaro tajriba, muammolar va istiqbollar” mavzusidagi  Ilmiy-amaliy konfrensiyasi o‘tkazildi. 



Professional ta’lim muassasalari  pedagog va rahbar xodimlari  dual ta’lim shaklini joriy etish bo‘yicha mavjud tajribalari va bu boradagi o‘z fikr, mulohaza hamda takliflari bilan faol tarzda qatnashib, o‘zlari uchun kerakli savollarga javob topdilar.

403