Joriy yilning 20 may kuni Germaniyalik mutaxassis, CIM eksperti, GIZ tashkiloti tasarrufidagi Professional ta’limni rivojlantirish institutiga biriktirilgan mutaxassis Kurt Gerard tomonidan Dual ta’limni rivojlantirish tamoyillari va uni professional ta’lim muassasalarida joriy qilish strategiyasi mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Seminarda ma’ruzachi tomonidan Dual ta’limda ishtirok etuvchi va ish beruvchi uchun motivatsiya, imtiyozlar va afzalliklari. Ishga yo‘naltirilgan talabalar amaliyoti, ixtiyoriy ta’til amaliyoti, tartibga solingan amaliyot-mutaxassis amaliyoti, doimiy amaliyot kunlari haqida tushunchalar berdi.
Mazkur seminar-treningda Professional ta’limni rivojlantirish instituti malaka oshirish kurslariga jalb qilingan professional ta’lim muassasasi direktorlari hamda direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan mavzuga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan javob oldilar.
302