30 aprel, 1 may kunlari Toshkentda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondan kattalar ta’limi va o‘qishi sohasi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan mutaxassislari yig‘ilib, uch tomonlama hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Tadbir DVV Internationalning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy filiali tomonidan tashkil etildi. Dasturni Markaziy Osiyo mintaqasida sinovdan o‘tkazish 2013 yilda O‘zbekistonda, 2017 yil Tojikistonda va 2019 yilda Qirg‘izistonda boshlangan.
Dasturni mamlakatlarda amalga oshirishda asosan kattalar ta’limi va o‘qitish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan davlat tashkilotlari ishtirok etishdi.
Seminarda I.Arabaev nomidagi Qirg‘iziston Davlat universiteti, O‘sh Davlat universiteti, Tojikiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi, Tojikiston kattalar ta’limi uyushmasi, "Xurshed" NNT, "Tomiris"NNT vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekistondan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti asosiy hamkori hisoblanadi.
Ishtirokchilar kattalar ta’limi va o‘qishi bo‘yicha qo‘shma ilmiy-amaliy konferensiyalar, uch mamlakatdan dastur bitiruvchilari uchun seminarlar, dasturni yanada targ‘ib qilish uchun mamlakatlarda davra suhbatlari o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar, shuningdek, Curriculum globALE dasturining mintaqaviy onlayn platformasini yaratish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Seminar hamkorlik va rivojlanish yo‘lidagi yaxshi qadam bo‘ldi. Keling, birgalikda o‘ylaymiz, muhokama qilamiz va oldinga intilamiz!
307