30 aprel kuni Belarus Milliy kutubxonasida professional ta’limga bag‘ishlangan birinchi Belarus-O‘zbekiston forumining yalpi majlisi yakunlanganidan so‘ng Belarus Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘rtasida shartnomalarni imzolashning tantanali marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Belorusiya “Respublika kasb-hunar ta’limi instituti” ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik va qo‘shma faoliyat to‘g‘risida shartnoma institut rahbarlari Z.Y. Xudayberdiev va V.N. Golubovskiy tomonidan imzolandi.
Belarusiya Respublikasining 14 ta kolleji va Oʻzbekiston Respublikasining 14 ta kolleji, texnikumi va kasb-hunar maktablari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlik shartnomalari imzolandi.
280