Yangiliklar

Minsk shahrida birinchi Belarus-O‘zbekiston kasb-hunar ta’limi forumi bo‘lib o‘tdi

    29 aprelda forumning birinchi kunining markaziy tadbirlaridan biri RIPO ta’lim boshqaruvidagi Akademik M.S. Visotskiy  nomidagi Minsk davlat avtomexanika kolleji filialida “Barqaror rivojlanishda kasb-hunar taʼlimning o‘rni” mavzusida  seksiya yigʻilishi boʻlib o‘tdi. 
Seksiyada O‘zbekiston Respublikasi RIPO, IRPO ta’lim muassasasi rahbarlari, Belarus kollejlari direktorlari va O‘zbekiston Respublikasi kollejlari, texnikumlari va kasb-hunar maktablari rahbarlari ishtirok etdilar.

O‘zbekistonlik mehmonlar “MAZ-WEICHAI” ishlab chiqarish texnologik markazi hamda kollejning avtoservis va elektromobillar bo‘yicha malaka markazi bilan tanishdilar.

Seksiya majlisini RIPO ta’lim muassasasi rektori V.N. Golubovskiy va O‘zbekiston Respublikasi IRPO instituti direktori Z.Ya. Xudayberdiev tabrik so‘zi bilan ochib berdilar. 

Shuningdek, MGAK UO RIPO filiali direktori V.G. Kirilenko va Buxoro neft va gaz sanoati kolleji direktori S.B. Usmonov dokladlar qildilar.

272