Yangiliklar

Texnikumlarda kredit-modul tizimi bo‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan seminar

       O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev rahbarligida 2024 yil 5 fevral kuni “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport yo‘nalishlari bo‘yicha 2024 yilgi ustuvor vazifalar to‘g‘risida”gi kengay tirilgan tarzda o‘tkazilgan videoselektorda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 7 dekabrdagi “Professional ta’limda kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 648-son qarorida texnikumlarda kredit modul tizimi joriy etilishi belgilab berilgan. 

          

Shu maqsadda, joriy yilning 1-4 aprel kunlari “Texnikumlarda kredit-modul tizimi bo‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqish” mavzusida 500 dan ortiq OTMlari professor-o‘qituvchilari hamda texnikumlarda faoliyat olib borayotgan pedagoglar uchun “oflayn” shaklda, KHMlari va kolejlarning kasb va mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim dasturlarini takomillashtirish va yangisini ishlab chiqish yuzasidan ish beruvchi korxona va tashkilotlar hamda professional ta’lim muassasalari pedagoglaridan iborat 700 nafardan ortiq Ishchi guruh a’zolari uchun “onlayn” shaklda o‘quv-uslubiy seminar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Seminarni o‘tkazishdan maqsad: Umumiy qabul qilingan ta’limning kredit-modul texnologiyasining o‘ziga xos tomonlaridan biri xalqaro umumta’lim standartlariga mos kelishi va ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish muammolari, jahon tendensiyalarini hisobga olgan universal ta’lim dasturi, akademik erkinlik va o‘quv dasturlari variativligini o‘rganish.

Respublika ta’lim muassasalarida o‘qitishning kredit-modul texnologiyasini joriy etish milliy ta’lim tizimini isloh qilishdagi jahon tendensiyalariga asoslanishini seminar a’zolariga yetkazish.

Seminarning vazifasi: kredit-modul ta’lim tizimiga o‘tish jarayonining zamonaviy tendensiyalari va mexanizmlarini chuqur o‘rganish, tahlil qilish hamda professional ta’lim tizimi o‘quvchilarining kredit-modul ta’limiga moslashish muammosi hamda uslubiy asoslarini o‘rganish natijasida professional ta’lim tizimida 90 dan ortiq kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha kredit-modulli ta’lim dasturlarini ishlab chiqishdan iborat.

Yetarli “kredit” to‘plagan bitiruvchilarga o‘zlashtirish ko‘rsatkichlariga ko‘ra “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliy ta’lim muassasalarining ikkinchi yoki uchinchi kurslarida to‘plangan kreditlar tan olingan holda ta’limni davom ettirish imkoniyatini yaratiladi.

313