Yangiliklar

Xalqaro institut bilan hamkorlik ishlari

Professional ta’limni rivojlantirish instituti hamda Germaniyaning Toshkent shahridagi Gyote instituti o‘rtasidagi tasdiqlangan Hamkorlik shartnomasiga muvofiq professional ta’lim muassasalarini nemis tili bo‘yicha uslubiy-didaktik materiallar bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 26 mart kuni Gyote - Institutining O‘zbekistondagi filiali direktori o‘rinbosari Walter Sabiel, til bo‘limi boshlig‘i D.Mukhammadaminova va nemis tili bo‘yicha ta’lim sohasida hamkorlik bo‘limi xodimi G‘.Hafizovlar Xiva turizm va madaniy meros texnikumi ga tashrif buyurdilar.


Tashrif davomida texnikumlar faoliyati bilan tanishib, nemis tili darslarining olib borilishi va tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlar uyushtirildi. Uchrashuv  so‘ngida o‘quv-uslubiy masalalar bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan  ishlar kelishib olindi.

253