Professional ta’limni rivojlantirish instituti hamda Germaniyaning Toshkent shahridagi Gyote instituti o‘rtasidagi tasdiqlangan Hamkorlik shartnomasiga muvofiq professional ta’lim muassasalarini nemis tili bo‘yicha uslubiy-didaktik materiallar bilan qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning 27 mart kuni Gyote - Institutining O‘zbekistondagi filiali direktori o‘rinbosari Walter Sabiel, til bo‘limi boshlig‘i D.Mukhammadaminova va nemis tili bo‘yicha ta’lim sohasida hamkorlik bo‘limi xodimi G‘.Hafizovlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi 2-son Nukus Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlariga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida texnikumlar faoliyati bilan tanishib, nemis tili darslarining olib borilishi va tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlar uyushtirildi. Uchrashuv so‘ngida o‘quv-uslubiy masalalar bo‘yicha qilinishi lozim bo‘lgan ishlar kelishib olindi.
218