Joriy ylining 27-mart kunidan Shvetsariyaning VET4UZ loyihasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (DBA) va “HELVETAS Swiss Intercooperation” filiali o‘rtasida joriy yilning 15-mart kuni imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi asosida “Strategik rejalashtirish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish” boshqaruv xodimlari uchun trening boshlandi.
Kirish so‘zi DBAning ilmiy ishlar va xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori doktor Alisher Umarov, Shvetsariyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi missiya rahbari o‘rinbosari va hamkorlik bo‘limi rahbari Rahel Bosh, shuningdek, Shveytsariyaning VET4UZ loyihasi rahbari doktor Gabriela Damian-Timoshenkoga berildi.
Ushbu trening dasturida strategik rejalashtirishning missiyasi va maqsadlari, strategik amalga oshirishni boshqarish, strategik menejment tushunchasi va mohiyati, budjetni rejalashtirish va dasturlash, ta’lim muassasasida rejalashtirish turlari, jamiyat 5.0: sun'iy intellektning inson resurslarini boshqarishga ta'siri, kelajakdagi kasblar va tarmoqlar va ulardan samarali foydalanish yo'nalishlari, KPI yordamida ishlashni boshqarish tizimi, loyihalarni boshqarish, ijodiy va tanqidiy fikrlash va strategik tahlil va qaror qabul qilish kabi mavzularda interfaol ma’ruzalar, muhokamalar va guruhlarda ishlash kiradi.
Trening muvaffaqiyatli yakunlangach, ishtirokchilarga sertifikatlar topshiriladi.
251