Joriy yilning 25-mart sanasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikda “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida professional ta’lim muassasalaridagi tadbirkorlik va biznes asoslari fani o‘qituvchilarini Germaniya metodikasi asosida “Micro Business Game” mavzusida o‘quv-seminari o‘z ishini boshladi.
Mazkur o‘quv-seminar barcha hududlardagi professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun Germaniya metodikasi asosida tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishga jalb qilingan mas’ul trenerlar tomonidan tashkil etilmoqda.
Ma’lumot uchun, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-apreldagi 101-son buyrug‘iga muvofiq, “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkilotining “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida professional ta’lim muassasalari tadbirkorlik va biznes asoslari fani o‘qituvchilarini Germaniya metodikasi asosida tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishning birinchi va ikkinchi bosqichlari o‘tkazilib, mazkur o‘quv-seminar uchinchi yakuniy bosqich hisoblanadi.
255