Surxondaryo viloyati, 2024-yil 12-mart – Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Qiziriq agrotexnologiyalar texnikumi va YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi yangi ta’mirdan chiqarilgan texnikumning ochilish marosimiga mezbonlik qildi.
Tadbirda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari janob Komiljon Karimov, Yevropa Ittifoqi elchisi Sharlotta Adrian xonim va YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakili Sara Noshadi xonimlar ishtirok etdilar. Bundan tashqari, hukumat rasmiylari, Yevropa Ittifoqiga aʼzo bir qator davlatlarning elchilari, texnikum xodimlari, talabalar va jamoatchilik vakillari ham hozir boʻldi. Tadbirda mamlakat bo‘ylab, xususan, qishloq va suv xo‘jaligi kabi mamlakat iqtisodiyoti uchun muhim bo‘lgan tarmoqlarda Professional ta’lim tizimini zamonaviylashtirish va takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikdagi sa’y-harakatlar namoyish etildi.
Ta’mirlash ishlaridan tashqari, Qiziriq agrotexnologiyalar texnikumi va O‘zbekistondagi boshqa professional ta’lim muassasalari ham loyiha doirasida yaqinda ishlab chiqilgan, ta’limni mehnat bozorining real ehtiyojlari bilan bog‘laydigan zamonaviy o‘quv dasturlaridan ham foydalanmoqda.
378