Loyiha doirasida 2024-yil 5-6 mart kunlari “Professional ta’lim tizimida sifat kafolati uchun asoslar va modellar” hamda “Professional ta’lim tizimi sifatini doimiy ravishda yaxshilash uchun sifat siklini qo‘llash” kabi mavzularda bo‘lib o‘tgan semnarda Professional ta’limni rivojlantirish institutidan D.Raxmatullayeva, E.Jo‘rayev, Q.Ro‘zmatov va N.Sultonovlar ishtirok etishdi.
Seminarning 1-kuni sifat kafolati ramkalari va modellarini, sifat standartlari va mezonlarini tushunish, sifat tizimini ishlab chiqish, shuningdek, PDCA sifat sikli va sifat siklini tizim va muassasa darajasida qo‘llashga qaratilgan edi.
Tadbirning 2-kunida CAF modeli va shu kabi modellar bo‘yicha sifat sikli va sifat siklini tizim va muassasa darajasida qo‘'llashga qaratilgan dolzarb mavzular tinglovchilar e’tiboriga havola qilindi.
Senimarda ta’lim sifatining 4 tamoyili ya’ni rejalashtirish, ijro etish, baholash va shu asosda takomillashtirish sxemalari ustida malakaviy-amaliy ishlar olib borildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar ishchi guruhlarga bo‘linib, mavzular bo‘yicha keyslar ustida ishladilar.
245