Yangiliklar

Professional ta’lim tizimida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika kо‘rik-tanlovi g‘oliblari tadqirlandi

Joriy yilning 6 yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida Professional ta’lim tizimida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika kо‘rik-tanlovi g‘oliblarini tadqirlash marosimi bо‘lib о‘tdi.

Tanlovni о‘tkazishdan maqsad professional ta’lim tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ta’limni raqamlashtirish, metodik ta’minlashni yaxshilash, elektron ta’lim resurslarini (kontent) yaratish, professional ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan о‘qituvchi va ishlab chiqarish ta’lim ustalari mehnatini rag‘batlantirish hamda ular tomonidan ishlab chiqilgan va ta’lim jarayonida foydalanib kelinayotgan raqamli ta’lim resurslarini tо‘plash, tizimlashtirish va ommalashtirishdan iborat.

Kо‘rik-tanlovning I-bosqichi professional ta’lim muassasalari miqyosida raqamli ta’lim resurslarini ishlab chiqish bosqichi hisoblanib, 1 avgustdan 20 oktabrchaga о‘tkazildi. Ishlab chiqilgan raqamli ta’lim resurslari nominatsiyalar bо‘yicha ta’lim muassasasi Tanlov hay’ati tomonidan baholanib, 847 ta raqamli ta’lim resurslari g‘olib sifatida II-bosqichda qatnashish uchun Hududiy Tashkiliy qо‘mitalarga taqdim etildi. Hududiy Tanlov hay’ati tomonidan baholanib, 20 ta nominatsiyalar bо‘yicha 362 ta raqamli ta’lim resursi Respublika III-bosqichida qatnashish uchun Respublika komissiyasiga taqdim etildi.

Tanlovning III-bosqichiga Hududiy Tashkiliy qо‘mitalar tomonidan taqdim etilgan 362 ta raqamli ta’lim resurslari Respublika Tanlov hay’ati tomonidan baholandi hamda 17 ta nominatsiyalar bо‘yicha jami 45 ta, shundan 18 ta 1-о‘rin, 16 ta 2-о‘rin va 11 ta 3-о‘rin g‘oliblari aniqlandi.

Tanlovning Respublika bosqichi g‘oliblari nominatsiyalar bо‘yicha tegishli darajadagi diplom, shuningdek:

  • I-о‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;
  • II-о‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari;
  • III-о‘rin uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari hisobidagi pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Nominatsiyalar bо‘yicha tanlovning Respublika bosqichida qatnashib, sovrinli о‘rinlarni egallamagan 25 ta raqamli ta’lim resurslari mualliflariga vazirlikning maxsus tashakkurnomalari taqdim etildi.

​​​​​​​

Tanlovning Respublika III-bosqichida g‘olib deb topilgan 45 ta hamda 75 balldan yuqori ball tо‘plagan 25 ta jami 70 ta raqamli ta’lim resurslari ommalashtirish uchun Professional ta’limni rivojlantirish institutining rtr.profedu.uz raqamli ta’lim resurslari platformasiga joylashtirilib borilmoqda.

319