2024-yil 26-fevraldan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va German Sparkassenstiftung for Internetional Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida xalqaro ekspert Chigdem Eren Kiziroglu xonim tomonidan jami 26 nafar vazirlik hududiy boshqarmalari mas’ul xodimlari va professional ta’lim muassasalarining “Biznes asoslari” fani o‘qituvchilariga “Marketing va brending” mavzusi bo‘yicha o‘quv seminarlari davom etmoqda.
O‘quv seminaridan ko‘zlangan asosiy maqsad marketing va brendlash sohasida har tomonlama o‘qitish maqsadini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, o‘quv jarayoniga amaliy tadbiq etish uchun mo‘ljallangan. Shu yo‘l bilan olingan bilim va tajriba kasb-hunar maktablarining o‘z marketing va brendini yaratishga ham xizmat qiladi. Bu esa o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish va tegishli hududlardagi mahalliy korxonalar bilan hamkorlikni faollashtirishga yordam beradi.
Eslatma: joriy yilning 19-23 fevral kunlari ham Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va German Sparkassenstiftung for Internetional Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda jami 27 nafar vazirlik hududiy boshqarmalari mas’ul xodimlari va professional ta’lim muassasalarining “Biznes asoslari” fani o‘qituvchilari uchun “Marketing va brending” mavzusi bo‘yicha o‘quv-seminari o‘z ishini boshlagan edi.
228