Yangiliklar

Muqobil malaka oshirish shakli amalda

2024-yil 12-fevral kuni Navoiy shahar kasb-hunar maktabining direktori Sattorov Ulug’bek Fayzullayevich Filologiya fanlari doktori (DCs) ilmiy darajasini olganli sababli muqobil malaka oshirish shakli bo‘yicha Professional ta’lim muassasalari direktorlari guruhida “Professional ta’lim muassasasi rahbari, muammolar va yechimlar” mavzusidagi mahorat darsini o‘tkazdi.

Muqobil malaka oshirish — individual kasbiy mahorat kо‘nikmalarini tasdiqlashning amaldagi bevosita malaka oshirish shakllariga tenglashtirilgan shakli.

Muqobil malaka oshirish bo‘yicha, sо‘nggi 3 yilda:

  • muallif sifatida darslik yoki о‘quv qо‘llanma tayyorlagan va nashrdan chiqargan
  • xalqaro yoki respublika miqyosida о‘tkaziladigan kо‘rgazma va tanlovlarda о‘zi yoki rahbarligidagi о‘quvchilar sovrinli о‘rinlarni egallagan
  • xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka о‘tagan (davomiyligi kamida 20 kun)
  • doktorlik (PhD, DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan
  • ilmiy rahbarligida kamida bitta DSc yoki PhD darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilingan
  • patent guvohnomasiga ega bо‘lgan tinglovchilar mahorat darsini o‘tkazdi holda tegishli sertifikatni olishlari mumkin.

339