Yangiliklar

Professional ta’limda kredit-modul tizimini joriy etish

2024-yilning 8-fevral kuni Professional ta’limni rivojlantirish institutida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-dekabrdagi “Professional ta’limda kredit-modul tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 648-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Professional ta’limda kredit-modul tizimini joriy etish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Unda tibbiyot texnikumlari direktor o‘rinbosarlari va Professional ta’limni rivojlantirish instituti mutaxassislari ishtirok etishdi.

Seminar-trening maqsadi texnikumlarda kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi, kredit-modul tizimi joriy etiladigan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish metodlari, ta’lim dasturi katalogi, akademik mobillik, ta’lim to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, kreditlarni tan olish va ko‘chirib o‘tkazishga taalluqli va boshqa zarur hujjatlar namunalari tayyorlash, ta’lim oluvchi tomonidan o‘zlashtirilgan kreditlarini baholash, o‘quvchilarning akademik mobilligi va kreditlarni tan olish hamda kredit-modul tizimida ro‘yxatga olish xizmatini tashkil etish bo‘yicha batafsil ma’lumot berishdan iborat.

Kutilayotgan natija:

  • texnikumlarda kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi haqida umumiy tushunchaga ega bo‘ladi;
  • texnikumlarda kredit-modul tizimida o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha xorijiy tajribalarni o‘rganadi;
  •  ta’lim dasturlarini ishlab chiqish metodlarini o‘rganadi;
  • akademik mobillik davrida o‘quvchining bilim darajasini aniqlash bo‘yicha ko‘rsatkichlar va boshqa zarur hujjatlar namunalari tayyorlashni o‘rganadi;
  • GPA (Grade Point Average) — ta’lim oluvchi tomonidan o‘zlashtirilgan baholarning o‘rtacha qiymatini hisoblashni o‘rganadi;
  • kredit-modul tizimida ro‘yxatga olish xizmatini vazifalari va  uning tashkil etish tartibini o‘rganadi.

323