Joriy yilning 7-fevral kuni Germaniyaning “GP Günter Papenburg AG” firmasi bosh direktori Anjela Papenburg hamda Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori va mas’ul xodimlari ishtirokida xalqaro hamkorlik loyihalari doirasida uchrashuv bо‘lib о‘tdi.
Unda dual ta’limni rivojlantirishga qaratilgan faollashgan hamkorliklarni rivojlantirish aspektlari bo‘yicha muzorakaralar olib borildi. O‘zbekistonda professional ta’lim muassasalarini dual ta’lim tizimi asosida rivojlantirish va barqaror natijalarga erishish maqsadida ilg‘or strategiyalar olib borayotgani inobatga olinib, yoshlarni kasb-hunar olishga va ularning mehnat bozorida ayniqsa Germaniyaning ish beruvchilari talabiga mos holda tayyorlash hamda ular uchun zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan texnikumlarni barpo qilish bo‘yicha o‘zaro manfaatli muzokaralar olib borildi.
“GP Günter Papenburg AG” firmasi direktori Anjela Papenburg shuningdek loyiha doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ko‘magida Andijon muhandislik instituti va “BerlinZentrum” hamda Olmaliq “AMGK” zavodlari bilan ham amaliy memorandumlar qilganligi borasida ham gapirib, ulardagi mavjud ilmiy metodik jihatdan yuzaga keladigan muammolarni Professional ta’limni rivojlantirish instituti ekspertlari bilan hamkorlikda izchil yo‘lga qo‘yish taklifi bilan chiqildi. O‘zaro muzokaralar natijasida dual tizimga asoslangan dasturlarni ishlab chiqish, zamonaviy muhandislik texnikumlari ochish va ularning qoshida Yevropaning mehnat bozoridagi juda katta tajribaga ega bo‘lgan “Papenburg AG” tashkiloti hamkorligida til markazlarini targ‘ib qilishga, zamonaviy pedagogik konsepsiya g‘oyalarini zudlik bilan amaliyotga qo‘llay oladigan tuzilma ishchi guruhi bilan ishtirok etishiga tayyorligini bildirdi. Hamkorlik konsepsiyasi o‘z ichiga logistika tarmog‘i, turli xil zavod texnik operatorlari, texnik mexaniklar, qurilish va omborchilik mutaxassislari, avtomobilsozlik muhandislari hamda shunga o‘xshagan kasb mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgandir. Institut “Papenburg AG” kompaniyasi bilan doimiy aloqada qoladi.
268