Joriy yilning 29-yanvar kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish institutida “Xodimlarni о‘quv-uslubiy qо‘llab quvvatlash” mavzusida institut xodimlari, yosh tadqiqotchilar, malaka oshirishga kelgan professional ta’lim muassasalari direktorlari ishtirokida о‘quv-uslubiy seminar bо‘lib о‘tdi.
Seminarda professional ta’lim bо‘yicha institutda faoliyat olib borayotgan Germaniyalik xalqaro ekspert Kurt Jerard “Professional ta’lim muassasalarida dual ta’limni tashkil etish” mavzusida, shuningdek, Institut mutaxassislari tomonidan “Xalqaro tajribalar: Rosssiya Federasiyasi va Belarus Respublikasida professional ta’lim tizimi”, “Transchegaraviy ta’lim hamkorligi (tandem) sxemalarini tayyorlash va amalga oshirish bо‘yicha axborot materialining taqdimoti” hamda “О‘quv adabiyotlarini tayyorlash tartibi” mavzulari bо‘yicha taqdimotlar qilindi.
Seminar yakunida qatnashchilar professional ta’lim tizimidagi xorijiy tajribalar, о‘quv va uslubiy qо‘llanmalarni tayyorlash, xalqaro transchegaraviy loyihalarda ishtirok etish bо‘yicha о‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. О‘quv-uslubiy seminar qizg‘in muhokamalar va savol javoblar tarzida о‘tdi.
195