Joriy yilning 20–24-yanvar kunlari Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori prof. Z.Xudayberdiyev О‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bо‘lib qaytdi.
Xizmat safari davomida mahalliy ta’lim muassasalariga tashriflar tashkil etildi va о‘zaro hamkorlik bо‘yicha Memorandumlar imzolandi.
Xususan, Nankin maxsus ta’lim pedagogika universiteti bilan hamkorlikda imkoniyati cheklangan shaxslarni kasb-hunarga о‘qitish va ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda hamkorlik qilish, iklyuziv ta’lim va imkoniyati cheklangan shaxslarni о‘qitish metodikalari bо‘yicha pedagog kadrlar malakasini oshirish kurslari hamda uzoq va qisqa muddatli stajirovkalar, konferensiya va seminarlar tashkil etish, hamkorlikda maxsus adabiyotlar va dasturiy mahsulotlarni yaratishni kо‘zda tutuvchi memorandum imzolandi.
Suchjou sanoat parkining professional texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda xalqaro (xorijiy) tashkilotlar bilan birgalikda ta’lim sohasida, shu jumladan dual ta’lim sohasida ta’lim dasturlari va ilmiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, amalga oshirilayotgan dasturlar sifatini ta’minlash va baholash mexanizmlarini ishlab chiqish, ta’lim muassasalari va korxonalar о‘rtasidagi hamkorlikning sinalgan turli xil modellarini joriy etish, professor-о‘qituvchilar, doktorantlar va mutaxassislar uchun uzoq va qisqa muddatli stajirovkalar, konferensiya va seminarlar tashkil etish hamda grant loyihalarini amalga oshirishni kо‘zda tutuvchi memorandum imzolandi.
196