Yangiliklar

Pekin shahrida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumida hamkorlik memorandumi imzolandi

2024-yilning 22-yanvar kuni Pekin shahrida boshlangan O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumida Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori Z.Xudayberdiyev ham ishtirok etmoqda. Forum doirasida Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Nankin maxsus ta’lim pedagogika universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi izmolandi.

Unga ko‘ra, imkoniyati cheklangan shaxslarni kasb-hunarga о‘qitish, ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va takomillashtirish, pedagog kadrlarni iklyuziv ta’lim va imkoniyati cheklangan shaxslarni о‘qitish metodikalari bо‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etiladi hamda hamkorlikda onlayn va oflayn konferensiyalar, simpoziumlar, seminarlarni yо‘lga qо‘yiladi va grant loyihalari amalga oshiriladi.

Shuningdek, professional ta’lim sohasida о‘zaro hamkorlik rivojlantiriladi, jumladan:

  • imkoniyati cheklangan shaxslar (nogiron)larning professional tayyorgarligi yо‘nalishida;
  • imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yangi ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amaldagi ta’lim dasturlarini takomillashtirish;
  • inklyuziv ta’lim bо‘yicha pedagog kadrlar malakasini oshirish va bu turdagi shaxslarni о‘qitish metodikasi bо‘yicha kurslarni tashkil etish;
  • hamkorlikda maxsus adabiyotlar va dasturiy mahsulotlar yaratish;
  • xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikdar ta’lim dasturlari, ilmiy dasturlar ishlab chiqish va ularni amaliyotda qо‘llash;
  • amalga oshirilayotgan dasturlarning mazmun jihatidan sifatini ta’minlash va ularni baholash mexanizmlarini ishlab chiqish;
  • О‘zbekistonda ta’lim dasturlarini amalga oshirish ishtirokchilari: ta’lim oluvchilar, pedagog va ilmiy xodimlarni xalqaro akademik almashinuv doirasida о‘qitish, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, qisqa muddatli stajirovkadan о‘tish uchun XXRga yuborish;
  • hamkorlikda ta’lim, shu jumladan inklyuziv ta’lim sohasida hamkorlikda ilmiy izlanishlar, fundamental va ilmiy amaliy tadqiqotlar olib borish, innovatsion faoliyatni yо‘lga qо‘yish;
  • ta’lim dasturlarini amalga oshirishning tarmoq shaklida ishtirok etish;
  • xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish va xalqaro ta’lim, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnik loyihalar, kongresslar, simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlarlar, kо‘rgazmalarda ishtirok etish yoki keltirilgan tadbirlarni tashkil etish, hamkorlikda grant loyihalarini amalga oshirish.

185