Vazirlikning 2023-yil 26-iyundagi “Professional ta’lim tizimida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga asosan, professional ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, professional ta’lim muassasalari boshqaruv va pedagog kadrlarini metodik ta’minlashni yaxshilash, ta’limni raqamlashtirish, axborot tizimlari hamda elektron ta’lim resurslarini (kontent) yaratish, pedagoglar tomonidan yaratilgan va o‘quv jarayonida keng qo‘llanilayotgan sifatli raqamli ta’lim resurslarini ommalashtirish maqsadida 3 bosqichli “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazildi.
Unga ko‘ra, tanlovning I bosqichi professional ta’lim muassasalari miqyosida 1-avgust – 20-oktabr kunlari, II bosqichi hududlar miqyosida 21–30-oktyabr kunlari hamda III boshqichi –20-dekabr kunlari Respublika miqyosida o‘tkazildi.
Tanlovning III boshqichida 362 ta raqamli ta’lim resurslari Respublika Tanlov hay’ati tomonidan baholandi hamda nominatsiyalar bo‘yicha jami 44 ta, shundan 18 ta 1-o‘rin, 16 ta 2-o‘rin va 10 ta 3-o‘rin g‘oliblari aniqlandi.
Tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi 2024-yil yanvar oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkazish belgilandi.
Ilova