Joriy yilning 21-26-dekabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti hamkorligida “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida vazirlikning 2023-yil 7-dekabrdagi 518-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent soliq texnikumida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv-seminar Toshkent shahardagi professional ta’lim muassasalarining tadbirkorlik va biznes fani o‘qituvchilari uchun Germaniya metodikasi asosida xorijiy eskpertlar tomonidan o‘qitilgan trenerlar tomonidan tashkil etildi. Ushbu o‘quv-seminarda “Biznesni rejalashtirish va bank suhbatlariga tayyorgarlik” o‘quv-seminari va seminar-treninglarni tashkil etish hamda o‘tkazish metodikalari bo‘yicha mavzular qamrab olindi.
Ma’lumot o‘rnida, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 18-apreldagi 101-son buyrug‘iga muvofiq, “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida professional ta’lim muassasalari tadbirkorlik va biznes fani o‘qituvchilarini Germaniya metodikasi asosida tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitishning birinchi bosqichi o‘tkazilgan edi.
204