“Yashil to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish” trenerlar uchun treningi
Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) filiali o‘rtasida 2022-yil 1-mayda imzolangan 01/05-23-TVET-sonli grant shartnomasi imzolangan.
Shartnomaga asosan, joriy yilning 11–15-dekabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Milan Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Yashilto‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish” mavzusi bo‘yicha trenerlar uchun trening tashkil qilindi. Treningda uchun professional ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 23 nafar pedagog va mutaxassislar qatnashdi.
Trening davomida ishtirokchilar Toshkent viloyati Parkent tumanidagi “VetTek” tikuvchilik fabrikasiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ishtirokchilar fabrika faoliyati bilan yaqindan tashishdi hamda o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Trening davomida qatnashchilar:
Ta’lim o‘lchovlari;
Ta’lim nazariyalari;
Pedagogika va andragogika o‘rtasidagi farqlar;
Ta’lim sikli;
Kattalar ta’limi uchun samarali ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;
Jozibador o‘quv muhitini yaratish;
Kattalar ta’limida ta’lim beruvchisining roli;
Kattalar ta’limidagi muammolarni hal qilish;
Barqarorlik ortidagi tamoyillar;
Barqaror rivojlanish maqsadlari;
Ekologik toza xom ashyolardan foydalanish (tola sanoati);
Ekologik toza resurs amaliyotlari;
Bo‘yash va pardozlash sanoatida ishlatiladigan kimyoviy moddalarni kamaytirish;
Moda sanoatida kimyoviy moddalar va bezaklarni kamaytirish;
Ekologik materiallar ishlab chiqarish;
To‘qimachilik sanoatidagi ijtimoiy ta’sirlar va mas’uliyat;
Madaniy va mahalliy ishlab chiqarish, hunarmandchilik;
Bloom taksonomiyasi bо‘yicha kо‘nikmalar hosil qildilar.