Joriy yilning 11-dekabr sanasidan Toshkent shahar va viloyatlardagi professional ta’lim muassasalarida biznes va tadbirkorlik fani o‘qituvchilarini Germaniya metodikasi asosida “Biznesni rejalashtirish va bank suhbatlariga tayyorgarlik” modulining ikkinchi bosqich bo‘yicha seminar-treninglar boshlandi.
German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti va GIZ o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida Oliy ta’lim, fan va Innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 7-dekabrdagi “Germaniya metodikasi asosida professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun o‘quv-seminarlar tashkil etish to‘g‘risida”gi 518-son buyrug‘iga asosan, 2023-yil 11-29-dekabr kunlari “Biznesni rejalashtirish va bank suhbatlariga tayyorgarlik” moduli bo‘yicha multiplikator sifatida o‘qitilgan va biriktirilgan trenerlar tomonidan Toshkent shahar va viloyatlarda professional ta’lim muassasalaridagi biznes va tadbirkorlik o‘qituvchilariga ushbu modulning ikkinchi bosqichi bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etilmoqda.
159