Yangiliklar

Tadbirkorlikka o‘qitishning xalqaro tajribalarini joriy etish davom etmoqda

Joriy yilning 4-6-dekabr kunlari German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabi itiruvchilarida moliyaviy savodxonlikni oshirish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan “Micro Business game” simulyatsiyasi bo‘yicha keying oʻquv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Ushbu oʻquv-seminarning maqsadi bitiruvchilarda tadbirkorona fikrlash, mikrofirmalarning qiyinchiliklari va imkoniyatlarini aniqlash, mijozlarni chuqurroq tushunish va marketing bo‘yicha asosiy bilimlarni rivojlantirish, mikromoliya tashkilotlari va mijozlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

Maʼlumot o‘rnida, 2023-yil 27-29-noyabr kunlari Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabida ilk  “Micro Business game” simulyatsiyasiga bag‘ishlangan oʻquv-seminari o‘tkazilgan edi.

 

210