Yangiliklar

Professional ta’lim tizimida genderga sezgir ta’lim

Joriy yilning 27-noyabr – 1-dekabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Milan Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Professional ta’lim tizimida genderga sezgir ta’lim mavzusi bо‘yicha trenerlar uchun trening tashkil qilindi.

Trenerlar uchun treningning maqsadi tо‘qimachilik sanoati professional ta’lim tizimi о‘qituvchilari orasidan hamkasblarining ta’limda gender yondashuvlari bо‘yicha xabardorligini oshirish va gender kompetensiyasini rivojlantirish orqali keyinchalik о‘zlari faoliyat yuritadigan professional ta’lim tizimi muassasalarida gender sezgir va inklyuziv muhitni yaratilishini ta’minlash uchun murabbiylar guruhini tayyorlash hisoblanadi.

Trening vazifalari:

  • Genderga sezgir va inklyuziv о‘quv muhitini yaratadigan gender stereotiplarini yengish uchun professional ta’lim tizimida gender yondashuvlarini ta’minlash bilan bog‘liq asosiy tushunchalar, gender tengligining afzalliklari tо‘g‘risida bilim berish.
  • Ishning barcha sohalarida gender tamoyillari asoslari va uning ahamiyatini tushunishni ta’minlash.
  • Ta’lim jarayoniga gender yondashuvlarini kiritish asoslarini belgilash.
  • Amalda foydalanish uchun gender yondashuvlarini hisobga olgan holda о‘qituvchi/trener uchun zarur bо‘lgan о‘qitish texnologiyalari bо‘yicha kompetensiyalarni rivojlantirish.
  • Gender masalalari bо‘yicha kasbiy ta’lim va gender yondashuvlarini ilgari surish uchun о‘qituvchilarni/trenerlar bilan fikr almashish, hamkasblar bilan aloqa о‘rnatish uchun rag‘batlantirish.
  • Genderni qо‘llab-quvvatlash bо‘yicha keyingi treninglar о‘tkazish uchun zarur resurslarni taqdim etish.
  • Tanqidiy fikrlashni, empatiyani va kasbiy ta’limda genderga sezgir yondashuvlarni ilgari surish qobiliyatini rivojlantirish iborat.

220