2023-yil 30-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Qozon Federal Universiteti va О‘zbekiston Respubliksi Professional ta’limni rivojlantirish instituti о‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Unda quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha hamkorlik ishlari olib boraladi:
ta’lim sohasida qо‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
pedagogik va ilmiy xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, ta’lim faoliyatini xalqaro darajada takomillashtirishni tashkil etish;
qо‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, ta’lim sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar hamda innovatsion faoliyatni hamkorlikda amalga oshirish;
ilmiy sohada xalqaro simpoziumlar, konferensiyalar, seminarlarni amalga oshirish va tashkil etishda, shuningdek о‘quv va ilmiy adabiyotlar almashinuvida ishtirok etish.