Professional ta’limni rivojlantirish instituti hamda professional ta’lim muassasalaridan iborat delegatsiya joriy yilning 19-26 noyabr kunlari Belarus Respublikasining Professional ta’lim respublika institutiga tashrif buyurishdi.
Unda:
Professional ta’lim respublika institutining “EkoTexnoPark – “Volma”” Resurs markazining kadrlar tayyorlash bо‘yicha konseptual tajribalari, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalari, energiya tejovchi texnologiyalar va ularga texnik xizmat kо‘rsatish yо‘nalishlarida kadrlar tayyorlash bо‘yicha erishilgan natijalarini О‘zbekiston sharoitida professional ta’lim tizimi muassasalariga joriy qilish imkoniyatlari;
mazkur yо‘nalishlar bо‘yicha о‘quv dasturlarini aniqlash, loyihalash va amalga oshirish imkoniyatlari, ta’lim jarayonlarini tashkil etish uchun zarur minimal hamda moddiy-texnika bazaga (о‘quv laboratoriya va ustaxonalar, ularni ta’minlash uchun jihozlar, uskunalar, asboblar, inventarlar, ehtiyot qismlar, sarflanuvchi materiallar) qо‘yiladigan talablar;
boshqaruv va pedagog xodimlar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari uchun muntazam ravishda onlayn va oflayn qisqa muddatli о‘quv kurslarini tashkil etish imkoniyatlari о‘rganildi va tahlil qilindi.
Shuningndek, xizmat safari davomida Professional ta’lim respublika instituti bilan birgalikda “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalar yо‘nalishidagi markaz misolida ilg‘or professional tayyorgarlik markazlari modelini yaratish, aprobatsiyadan о‘tkazish va ilmiy-texnik asoslash” mavzusidagi qо‘shma maqsadli xalqaro loyihani ishlab chiqishga kelishib olindi.
154