Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabida tadbirkorlikka o‘qitishning xalqaro tajribalari joriy etilmoqda
Joriy yilning 27-29 noyabr kunlari German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan 1-son kasb-hunar maktabi bitiruvchilarida moliyaviy savodxonlikni oshirish va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan Mikro biznes simulyatsiyasi bo‘yicha oʻquv-seminari tashkil etildi.
Ushbu oʻquv-seminarning maqsadi bitiruvchilarda tadbirkorona fikrlash, mikrofirmalarning qiyinchiliklari va imkoniyatlarini aniqlash, mijozlarni chuqurroq tushunish va marketing bo‘yicha asosiy bilimlarni rivojlantirish, mikromoliya tashkilotlari va mijozlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.
Maʼlumot o‘rnida, Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikda Toshkent va Samarqand shahar professional ta’lim muassasalarining 800 nafardan ortiq bitiruvchilari Germaniya metodikasi asosida o‘qitilib kelinmoqda va kelgusida bunday oʻquv-seminarlarni Respublika hududlaridagi barcha professional ta’lim muassasalarida ham o‘quv dastur asosida bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilgan.