Yangiliklar

Professional ta’lim muassasalarida tadbirkorlikka o‘qitishning xalqaro tajribalari joriy etilmoqda

Joriy yilning 20-noyabridan 7-dekabrgacha German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda professional ta’lim muassasalari bitiruvchilariga moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan Mikro biznes simulyatsiyasi bo‘yicha navbatdagi 5 kunlik oʻquv-seminarlari o‘tkazilmoqda.

Oʻquv-seminarlari Samarqand viloyatidagi 4 ta va Toshkent shahridagi 3 ta professional ta’lim muassasalarida Germaniyalik ekspertlar tomonidan o‘qitilgan va trenerlik sertifikatlariga ega bo‘lgan pedagog kadrlar tomonidan olib borilmoqda. Mazkur oʻquv-seminarda 200 nafarga yaqin professional ta’lim muassasalari bitiruvchilari Germaniya metodlari asosida tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘qitilmoqda.

Kelgusida shunday oʻquv-seminarlarni German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti bilan hamkorlikda Respublika hududlaridagi barcha professional ta’lim muassasalarida ham o‘quv dasturi asosida bosqichma-bosqich amalga oshirish rejalashtirilgan.

213