“Kattalar ta’limidagi usullar” (Tо‘qimachilik sanoatining ta’lim sohasi xodimlari bilan)
Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) filiali o‘rtasida 2022-yil 1-mayda imzolangan 01/05-23-TVET-sonli grant shartnomasi imzolangan.
Shartnomaga asosan, “Professional ta’lim muassasalarida ta’lim takliflarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda to‘qimachilik sohasidagi malaka oshirish tizimini yaxshilash” loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida seminar trening tashkil etildi.
Seminar trening joriy yilning 20–22-noyabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Milan Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Kattalar ta’limidagi usullar”(Tо‘qimachilik sanoatining ta’lim sohasi xodimlari bilan) mavzusida trening tashkil qilindi. Treningda uchun professional ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 20 nafar pedagog va mutaxassislar qatnashdi.
Trening davomida qatnashchilar:
Kattalar auditoriyasi bilan о‘quv tadbirlarini tayyorlash va о‘tkazishda usullarni tanlash mezonlarini; turli xil о‘qitish metodlarining afzalliklari va kamchiliklarini bilib oldilar.
О‘quv jarayonining maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda о‘qitish usullarini tо‘g‘ri tanlashning ahamiyatini; 1 modulda kо‘rib chiqilgan kattalar ta’limining nazariy tamoyillari bilan muayyan usullarning amaliy qо‘llanilishini birlashtirish zaruratini tushunib oldilar.
Kattalar ta’limining turli metodlarini sharhlash va tahlil qilish; barqaror muvaffaqiyatga erishish uchun tegishli maqsadli guruhga mos usullarni tanlash va foydalanish; muayyan usullarning variatsiyalaridan foydalanish, kelajakda ularni yaxshilash orqali ularni muayyan vaziyatga moslashtirish bо‘yicha kо‘nikmalar hosil qildilar.