Yangiliklar

“Kompetensiyaga asoslangan о‘quv dasturlarini ishlab chiqish” treningi

Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) filiali o‘rtasida 2022-yil 1-mayda imzolangan 01/05-23-TVET-sonli grant shartnomasi imzolangan.

Shartnomaga asosan, “Professional ta’lim muassasalarida ta’lim takliflarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda to‘qimachilik sohasidagi malaka oshirish tizimini yaxshilash” loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida seminar trening tashkil etildi.

Seminar trening joriy yilning 16–18-noyabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Milan Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Kompetensiyaga asoslangan о‘quv dasturlarini ishlab chiqish” seminar-trening tashkil qilindi. Treningda uchun professional ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 20 nafar pedagog va mutaxassislar qatnashdi.

Trening davomida qatnashchilar:

  • kompetentli yondashuvda foydalaniladigan asosiy tushunchalarni ta’riflash va ularning farqli jihatlarini izohlash;

  • komptetentli yondashuv asosida о‘quv dasturlarini ishlab chiqishning asosiy bosqichlarini farqlash va о‘zlashtirish;

  • maqsadli guruhlarning о‘qishga bо‘lgan ehtiyojlarini tahlil qilishning turli usullari va vositalarini qо‘llay olish hamda natijalarini о‘quv dasturiga integratsiya qilish;

  • qisqa muddatli kurslar uchun о‘quv dasturlarini ishlab chiqish kо‘nikmalarini о‘zlashtirish;

  • kompetensiyaga asoslangan о‘quv dasturlari asosida о‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va о‘tkazish texnologiyasini ishlab chiqish kо‘nikmalariga ega bо‘ldilar.

184