Yangiliklar

Professional ta’limni rivojlantirish borasida Germaniya bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

7-noyabr kuni Oliy taʻlim, fan va innovatsiyalar vazirligida Professional ta’limni rivojlantirish departamenti boshlig‘i O‘tkir Alijonov hamda Germaniya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muhtor elchisi Dr. T.Klinner, Germaniya Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot federal vazirligi (BMZ) Sharqiy Osiyo, Markaziy Osiyo bo‘linmasi boshlig‘i Y.Neophytou boshchiligidagi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) va “KfW” banki vakillaridan iborat delegatsiya o‘rtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Unda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida bajarilayotgan ishlarning tahlili va “KfW” banki bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqishni jadallashtirish hamda 2024-yilda imzolanishi rejalashtirilayotgan Germaniya-O‘zbekiston Hukumatlararo bitimda professonal ta’limni rivojlantirish bo‘yicha yangi takliflarni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonilar Germaniya tajribasidan kelib chiqib, professional ta’lim tizimiga ish beruvchilarni keng jalb qilish, dual ta’lim shaklida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hamda professional ta’lim dasturlarini amaliyotga yo‘naltirish ulushini oshirish borasida tajriba almashish va hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdilar.

Manba: edu.uz

287