Vobkent tuman 2-son kasb-hunar maktabida "yashil rivojlanish" mavzularida seminar tashkil etildi
Vobkent tuman 2-son kasb-hunar maktabida 6-noyabr kuni Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ)“O‘zbekistonda kasbiy ta'lim tizimini isloh etish va modernizasiya qilish jarayonini qo‘llab-quvvatlash” loyihasi (TexVET) tomonidan “YASHIL RIVOJLANISH” mavzulariga bag‘ishlangan loyihalarni rejalashtirish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda loyiha xalqaro ekspertlar Korneliya Shtaynigen va Yoaxim Lensninglar ishtirok etdilar. Bundan tashqari seminarda Navoiy viloyati Navbahor tumani kasb-hunar maktabi o’qituvchi va o’quvchilari qatnashdilar.
Seminarda o’quvchilar kichik ishchi guruhlarga bo’linib, har bir ishchi guruh "yashil mavzular" ustida birgalikda o’z loyihalarini ishlab chiqdilar va taqdimot qildilar.