“Kattalar ta’limida kommunikatsiya va guruh dinamikasi” treningi
Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Nemis Xalq Universitetlari assotsiatsiyasining (DVV) filiali o‘rtasida 2022-yil 1-mayda imzolangan 01/05-23-TVET-sonli grant shartnomasi imzolangan.
Shartnomaga asosan, “Professional ta’lim muassasalarida ta’lim takliflarini kengaytirish va sifatini oshirish hamda to‘qimachilik sohasidagi malaka oshirish tizimini yaxshilash” loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida seminar trening tashkil etildi.
Seminar trening joriy yilning 30-oktyabr – 1-noyabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan “Reikartz Amirun” mehmonxonasida “To‘qimachilik sanoatida kattalar ta’limi va o‘qishi” mavzusida trenerlar tayyorlash dasturining 2-moduli o‘tkazildi.
Treningda qatnashchilari kommunikatsiyaning nazariy asoslari, verbal, noverbal va paraverbal kommunikatsiya qoidalari, guruh dinamikasining mohiyati va uning asosiy bosqichlari bilan tanishib chiqdilar. О‘quv guruhida ijobiy muhitning rolini, kattalar ta’limida emotsionallikning ahamiyatini, kommunikativ tо‘siqlarni о‘z vaqtida bartaraf etishning zarurligini, о‘quv jarayoni samaradorligini oshirishda guruh dinamikasining rolini tushunib oldilar.
Turli xil kommunikatsiya uslublarini qо‘llash, kommunikativ tо‘siqlarni aniqlash va ularni bartaraf etish, zо‘ravonliksiz muloqotni shakllantirish uchun verbal, noverbal va paraverbal muloqot usullaridan foydalanish, ta’lim berish jarayenida guruh dinamikasi bosqichlarini boshqarish, о‘quv guruhida yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni muvaffaqiyatli hal qilish va “muammoli tinglovchilar” bilan ishlash bо‘yicha kunikmalar hosil qildilar.