Toshkent shahridagi Gyote-Instituti bilan hamkorlik
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori Zayniddin Xudayberdiyev Toshkent shahridagi Gyote-Instituti direktori Maren Niemeyer bilan uchrashdi.
Tomonlar О‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim muassasalarida nemis tilini о‘qitishni takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Toshkent shahridagi Gyote-Instituti о‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Hujjatda nemis tili о‘qituvchilarining lingvistik va metodik malakalarini oshirish, ta’lim muassasalari kutubxonalarini kitoblar va darsliklar, о‘qituvchilarni о‘quv materiallari bilan ta’minlash, о‘qituvchilarni stajirovkalarga jalb etish, ularga pedagogik maslahatlar berish va boshqa о‘quv tadbirlarni amalga oshirish kо‘zda tutilgan.