Professional ta’limni rivojlantirishda Fransiyaning “Frankofoniya” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlik o‘rnatildi
Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida joriy yilning 21–27-oktabr kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining delegatsiyasi Fransiyaning Nissa shahrida xizmat safarida bo‘ldi.
Safar davomida Fransiyada yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish tizimi hamda bu borada amalga oshirilayotgan tajribalar yaqindan tanishildi. Shuningdek, professional ta’lim muassasalarining fransuz tili fani o‘qituvchilari til bilish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish maqsadida malaka oshirmoqdalar.
Shuning bilan birgalikda, tashrif davomida Fransiyaning Nissa universiteti (Université Côte d'Azur), Jak Odiberti Litsei (Lycée Jacques Audiberti), Campus Vert d'Azur umuta’lim maktabida (Campus Vert d'Azur) ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.
Muzokaralar davomida Fransiyadagi professional ta’lim tizimi, amaldagi ta’lim va almashinuv dasturlari, dual ta’lim, mobillik dasturlari, Fransiya korxonalarida ta’lim olish va amaliyot o‘tash, “Frankofoniya” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlik o‘rnatish istiqbollari kabi mavzular qamrab olindi.
Uchrashuvlar samarasi o‘laroq, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fransiyaning “Frankofoniya” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlik o‘rnatildi. Bunda, kelgusida “Frankofoniya” xalqaro tashkiloti bilan turizm, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurilish kabi yo‘nalishlarda o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishda, Fransiyada doimiy ravishda o‘qituvchilar va direktorlar malakasini oshirish hamda o‘quvchilarning amaliyotini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fransiyaning “Frankofoniya” xalqaro tashkiloti bilan hamkorlik o‘rnatildi.
Bunda “Frankofoniya” xalqaro tashkiloti bilan turizm, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi va qurilish kabi yo‘nalishlarda o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishda, Fransiyada doimiy ravishda o‘qituvchilar va direktorlar malakasini oshirish hamda o‘quvchilarning amaliyotini tashkil etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.