Yangiliklar

Professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini Germaniya metodikasi asosida o‘qitish bo‘yicha o‘quv seminar boshlandi

Joriy yilning 16-oktabr sanasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi  Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikda “Moliyaviy va tadbirkorlik taʼlimi sohasida professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilari hamda rahbarlarini oʻqitish va malakasini oshirish” loyihasi  doirasida 2023-yil 16-28-oktabr kunlari xorijiy ekspertlar tomonidan Germaniya tajribasi asosida 50 nafar hududiy boshqarma vakillari va  professional taʼlim muassasalarining tadbirkorlik va biznes asoslari fanlari oʻqituvchilarining moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish modullari boʻyicha navbatdagi oʻquv-seminar tashkil etildi.

Ma’lumot uchun, “Professional ta’lim muassasalari rahbar-o‘qituvchilarini moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkazish” loyihasi doirasida joriy yilning fevral - mart oylarida 48 nafar, pedagog kadrlar aprel-may oylarida 460 nafardan ortiq pedagog kadrlar, 5-iyunda esa pilot sifatida tanlangan professional ta’lim muassasalarining 52 nafar direktorlari, o‘rinbosarlari va tegishli mas’ul xodimlari Germaniya metodikasi asosida o‘qitildi.

250