Professional ta’limini rivojlantirish institutida “Vaziyatli didaktika” mavzusida trening tashkil etildi
Joriy yilning 10-12-oktabr kunlari VET4UZ loyihasi doirasida Shveytsariya kasb-hunar ta’limi federal universiteti (SFUVET) xalqaro eksperti Emanuel Vutrix bilan hamkorlikda Professional ta’limini rivojlantirish instituti, hamkor oliy o‘quv yurtlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarmalari va tajriba-sinov ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida “Vaziyatli didaktika” mavzusida trening tashkil etildi.
Trening professional ta’limi sifatini oshirish maqsadida ta’lim jarayonida zamonaviy o‘qitish usullarini qo‘llash bo‘yicha malaka oshirish va keyinchalik professional ta’limi o‘qituvchilari, oliy ta’lim muassasalari va institutlari uchun hududiy treninglarni tashkil etadigan milliy trenerlarni tayyorlashga qaratilgan.
Mazkur trening Shveytsariya tajribasi asosida professional ta’lim tizimida sifatli ta’limni tashkil etish uchun AVIVA va IPERCA kabi zamonaviy texnologiya va yondashuvlar, shuningdek, “kognitiv-shogirdlik” treninglaridan samarali foydalanish bo‘yicha o‘tkazildi. Bu esa professional ta’limda sifatni ta’minlab, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi.