Yangiliklar

Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirining topshirig‘iga muvofiq Professional ta’lim muassasalarida tashkil etilgan nemis tili kurslarining amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi muhokama qilindi

Joriy yilning 7-oktabrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligida hududiy boshqarmalar boshliqlari va nemis tili kurslari tashkil etilgan professional ta’lim muassasalari direktorlari ishtirokida xorijiy tillarga o‘qitish kurslari faoliyatining samaradorlik holati tahlil qilindi.

Shuningdek, professional ta’lim muassasalari direktorlarining xorijiy tillarga o‘qitish kurslari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha hisoboti tinglandi.

Jumladan, bugungi kunda Respublika bo‘yicha jami 32 ta professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar nemis tili kurslarida tahsil olmoqda. Ushbu kurslarning samaradorligini oshirish maqsadida, nemis tili kurslariga jalb etilgan o‘qituvchilarga joriy yilning sentabr oyidan boshlab vazirlikning  mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ustamalar to‘lab berilishi belgilab qo‘yildi.

Vazir o‘rinbosari S.Buzrukxonov xorijiy tillarni o‘qitish borasida olib borilayotgan ishlarni yanada samarali tashkil etish yuzasidan nemis tili oʻquv kurslari oʻquvchilari oʻrtasida onlayn test sinovlarini tashkil etib borilishida   tegishli mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Manba: edu.uz

197