Buyuk Britaniyaning Pearson kompaniyasi bilan hamkorlik aloqalari kuchaymoqda
Joriy yilning 28-sentabr kuni Buyuk Britaniya Pearson kompaniyasining Yevropadagi mintaqaviy menejeri E.Konor bilan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Professional taʼlimni rivojlantirish departamenti rahbari Utkir Alijonov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Unda Pearson kompaniyasi bilan professional taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi hamda kelgusidagi rejalar boʻyicha fikr almashildi. Xususan, hududdlardagi professional taʼlim muassasalarida Pearson xalqaro taʼlim tashkilotining VTES kvalifikatsiyalari boʻyicha hududlarning ixtisoslashuvi va kelajakda bitiruvchilar koʻnikmasiga qoʻyiladigan talablar asosida taʼlim dasturlarini bosqichma-bosqich joriy qilishga kelishib olindi.