Yangiliklar

Maxsus ish kiyimlari ishlab chiqarishda yevropaning yetakchi tuzilmasi – Germaniyaning Teamdress kompaniyasi farg‘onada barpo etgan korxona yaqin kunlarda ishga tushiriladi

Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari, Farg‘ona viloyat hokimi X.Bozorov va Professional ta’limni rivojlantirish instituti direktori Z.Xudayberdiyevlar maxsus ish kiyimlari ishlab chiqarishda Yevropaning yetakchi tuzilmasi bo‘lgan Germaniyaning Teamdress kompaniyasi tomonidan Farg‘ona viloyatida amalga oshirilgan investitsion loyiha doirasida Ekoshahar hududidagi kichik sanoat zonasida barpo etilgan ishlab chiqarish korxonasida bo‘lishdi.

Kelgusi oyda ishga tushiriladigan korxonada 300 ta doimiy ish o‘rni yaratildi. Loyiha qiymati 3,2 million dollarga teng bo‘lgan ushbu korxonada Yevropa bozori uchun yillik qiymati 25 million dollar bo‘lgan maxsus ish kiyimlari ishlab chiqariladi va to‘la eksport qilinadi.

Mehmonlar Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari ishtirokida yangi korxona bilan tanishdi. Hozirgi kunda dastgohlarni o‘rnatish ishlari jadal davom etmoqda, parallel ravishda xodimlarni ishga olish hamda texnologiyalar va talablar bilan dastlabki tanishtirish ishlari olib borilmoqda.

Ishchi-xodimlar uchun yuqori darajadagi mehnat sharoitlari yaratilgan ushbu korxonada zamonaviy oshxona, xodimlar farzandlari uchun bepul bog‘cha, bolalar maydonchasi, dam olish uchun maxsus zonalar, shinam yuvinish xonalari ham mavjud.

Germaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining (GIZ) O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan “Teamdress Holding GmbH” kompaniyasi bilan hamkorlikda Marg‘ilondagi 2-son kasb-hunar maktabida o‘quv jarayoni va ishlab chiqarish amaliyotini birgalikda olib borishga, taʼlim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani taʼminlashga qaratilgan dual taʼlim tizimi joriy etish loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu kasb-hunar maktabi o‘quvchilari ham korxonada bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

Manba: fergana.uz

256