Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida professional taʼlim muassasalaridagi nemis tili kurslari faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi
Vazir oʻrinbosari S.Buzrukxonov rahbarligida oʻtkazilan mazkur yigʻilishda nemis tili kurslari tashkil etilgan 33 ta professional taʼlim muassasalari direktorlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining hududiy boshqarma boshliqlari va xorijiy tillarni ommalashtirish boʻyicha masʼul xodimlari, tegishli boʻlinmalar rahbarlari ishtirok etdi.
Yigʻilishda kun tartibidagi asosiy masala sifatida professional taʼlim muassasalarida taʼlimning jozibadorligini oshirish, oʻquvchilarga kasb bilan birga xorijiy tillarni chuqur oʻrgatish orqali ularni ichki va tashqi mehnat bozorida raqobatbardoshligini taʼminlash borasida soʻz bordi.
Shuningdek, yangi oʻquv yilida oʻquvchilarni xorijiy tillarga oʻqitish koʻlamini kengaytirish va bu borada Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi taʼlim muassasalarini qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.