Professional ta’limda raqamli ta’lim resurslari, ochiq darslar va master-klasslar
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2023-yil 26-iyuldagi Professional ta’lim tizimida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi 329-sonli hamda 2023-yil 6-sentabrdagi “Professional ta’lim muassasalarda ta’lim sifatini ta’minlash uchun ochiq dars va master-klasslarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi 408-sonli buyrug‘i asosida seminar tashkil etildi.
Seminar davomida raqamli ta’lim resurslari platformasi, raqamli ta’lim resurslarini tayyorlash, Professional ta’lim tizimida “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” Respublika ko‘rik-tanlovining ta’lim muassasi bosqichini o‘tkazish, tanlovga kelib tushgan resurslarni baholash, ta’lim sifatini ta’minlash maqsadida ochiq dars va master-klasslarni tashkil etish bo‘yicha ma’lumot berildi. Yuqoridagilar yuzasidan fikr, mulohazalar va takliflar bildirildi.
Seminarda Institut professor-о‘qituvchilari, mutaxassislar hamda malaka oshirish bо‘yicha kelgan rahbar xodimlar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.