Sifatli ta’lim va malakali mutaxassis - barqaror iqtisodiyotning asosi
2023-yil 28-29-avgust kunlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan "Sifatli ta’lim va malakali mutaxassis-barqaror iqtisodiyotning asosi” shiori ostida Avgust kengashi yalpi yig‘ilishi tashkil etildi.
Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri akademik I.Abdurahmonovning Avgust kengashi ishtirokchilari, professional ta’lim muassasalari direktor va direktor o‘rinbosarlariga Mustaqillikning 32 yilligi bayram tabrik so‘zini Navoiy viloyati boshqarma boshlig‘i O‘.Mirzoyev tomonidan o‘qib eshittirildi.
Tadbirda viloyat hokimi o'rinbosari J.B.Xadjayev, Professional ta’limni rivojlantirish instituti dotsenti D.Raxmatullayeva va bosh mutaxassis O‘Xurramovlar, Navoiy davlat pedagogika instituti hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti rektorlari va prorektorlari, professional ta’lim muassasalari direktorlari, direktor o‘rinbosarlari va tizimdagi faol pedagog xodimlar bilan bir qatorda ta’lim muassasalarining pedagog xodimlari ishtirok etdilar.
Avgust kengashi yalpi yig‘ilishida o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar va yangi o‘quv yilida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Avgust kengashi yalpi yig'ilishi yuqori saviyada tashkil etilib, tadbir yakunida professional ta’lim tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan va samarali mehnati, shijoati, ulkan tajribasi bilan professional ta’limni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan, qolaversa 2022-2023 o‘quv yilida qo‘lga kiritgan yutuqlari va ko’rik-tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o’rinlarni qo’lga kiritgan muhandis-pedagoglarga hamda “Eng namunali professional ta’lim muassasasi” tanlov g’oliblariga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri, akademik I.Abdurahmonov, Professional ta’limni rivojlantirish instituti rahbari, professor Z.Xudoyberdiyev, viloyat hokimi hamda boshqarma boshlig'i O‘.Mirzoyevlar tomonidan “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Tadbir yakunida viloyat madaniyat boshqarmasining musiqiy dasturi hamda professional ta’lim muassasalarining havaskor guruhlari chiqishlari namoyish etildi.