Yangiliklar

Professional ta’limni rivojlantirish institutida Germaniyalik mutaxassis ish boshladi

Germaniya xalqaro hamkorik jamiyati (GIZ)ning “О‘zbekistonda kasb-hunar ta’limi tizimini isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini qо‘llab-quvvatlash” loyihasi doirasida GIZ va CIM (Centrum fur international Migration und Entwicklung – Xalqaro migratsiya va rivojlanish Markazi) tomonidan tavsiya etilgan yuqori malakali nomzodlar orasidan integratsiyalashgan ekspert sifatida Germaniyadan tanlab olingan janob Gerard Kurt Alois joriy yilning 14-avgustidan Institutda ish faoliyatini boshladi.

Ishning birinchi kunida Gerard Kurt Alois bilan Institutning tarkibiy bо‘linmalari rahbarlari о‘rtasida uchrashuv bо‘lib о‘tdi va unda О‘zbekistonda professional ta’lim tizimini hamkorlikda rivojlantirish bо‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar kelishib olindi.

206