Yangiliklar

Xalqaro hamkorlik

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yevropa Ittifoqi va YUNESKO hamkorligida Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “Oʻzbekiston qishloq joylarida bandlik koʻnikmalarini rivojlantirish” loyihasi boʻyicha hukumat va hamkor tashkilotlar bilan Loyiha boshqaruv qoʻmitasining beshinchi yigʻilishida erishilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar namoyish etildi.

2023-yil 10-avgust kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi YUNESKO bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan “O‘zbekistonning qishloq joylarida ishga joylashish ko‘nikmalarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Loyiha boshqaruv qoʻmitasining beshinchi yigʻilishini oʻtkazdi.

Yig‘ilishda Qishloq va suv xo‘jaligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari va loyihaning boshqa manfaatdor tomonlari ishtirok etdi.

Qo‘mita yig‘ilishida 2023-yilda loyiha davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Loyiha jamoasi, shuningdek, qishloq xo‘jaligi va irrigatsiya sohalarida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish g‘oyasini ilgari surish va qishloq yoshlarini pilot sifatida tanlab olingan kollejlariga o‘qishga kirishga rag‘batlantirish maqsadida “Kelajak ko‘nikmalarini yarat” nomli loyiha doirasidagi muloqot va targ‘ibot kompaniyasini namoyish etdi va bu kompaniya davomida respublikaning 4 ta viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilgan jamoatchilik targ‘ibot tadbirlari haqida ma’lumot ulashdi.

Manba: edu.uz

280