Belarus Respublikasining Professional ta’lim respublika instituti bilan hamkorlik
Professional ta’limni rivojlantirish instituti va Belarus Respublikasining Professional ta’lim respublika instituti о‘rtasida 2020-yilda imzolangan hamkorlik kelishuvga muvofiq bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bundan tashqari, hamkorlikda ikki yilga mо‘ljallangan “Energiya jihatidan samarador texnologiyalarni joriy qilish sharoitida qurilish tarmog‘i uchun malakali kadrlarni ijtimoiy sheriklik asosida tayyorlashning ilmiy asoslarini ishlab chiqish” mavzusidagi 1,7 mlrd.sо‘mlik innovatsion ilmiy loyiha amalga oshirib kelinmoqda.
Ushbu loyiha bо‘yicha hamkorlikda olib borilayotgan ishlar hamda yangi kо‘zda tutilgan qо‘shma maqsadli loyihani amalga oshirish shuningdek, Belorussiyaning yuqori sifatli ta’lim resurslarini о‘rganish va ularni О‘zbekiston Respublikasi professional ta’lim tizimiga joriy etish imkoniyatlarini tahlil qilish va о‘rganish, “EkoTexnoPark – “Volma”” Resurs markazining kadrlar tayyorlash bо‘yicha konseptual tajribalarini, ayniqsa qayta tiklanuvchi energiya manbalari yо‘nalishida kadrlar tayyorlash bо‘yicha erishilgan natijalarini О‘zbekiston sharoitida professional ta’lim tizimi muassasalariga joriy qilish imkoniyatlarini о‘rganish maqsadida Institut direktori Z.Xudayberdiyev boshchiligida mutaxassislar joriy yilning 7-avgustidan Belarus Respublikasida bо‘lib turishibdi.
Instituti direktori Z.Xudayberdiyevga Belarus Respublikasining Professional ta’lim respublika instituti “Faxriy professori” unvoni berildi.